Stop-loss (ingliz tilidan tarjima qilinganda "yo'qotishlarni to'xtatish" ma'nosini anglatadi) - bu keng tarqalgan buyruq bo'lib, uning asosiy vazifasi bozor treyderning foydasiga harakatlanmaganda bo'ladigan yo'qotishlarni cheklashdan iborat.
Stop-loss faqat ochiq pozitsiyalarda qo'yiladi. Vaziyat treyder uchun zarar keltiradigan tomonga qarab rivojlanayotganda va narx stop-loss darajasiga yetganda bitim avtomatik ravishda yopiladi. Shunday qilib, stop-loss buyrug'i yordamida treyder o'zining zararlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi va pozitsiyalar noqulay holatlarda o'z kattaligining juda bo'lmaganda bir qismini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Agar treyder stop-lossni o'rnatmasa, u holda zararlar summasi depozit summasiga yetganda uning pozitsiyasi broker tomonidan yopiladi.
Stop-losslarning uchta asosiy turi mavjud: qayd qilingan stoplar, sirpanuvchi stoplar va kombinatsiyalangan stoplar.
Qayd qilingan stop-losslar pozitsiyalarni ochishda qo'yiladi, va bitim yopilguncha o'zgartirilmaydi. Sirpanuvchi stop-losslar, aksincha, narx harakati yo'nalishiga bog'liq holda doimiy ravishda o'rnini o'zgartirib turadi. Sirpanuvchi stoplar boshqacha tarzda treyling-stoplar deb atalib, u treyder tomonidan berilgan parametrlarga mo'ljal olib, ham dastaki, ham avtomatik ravishda siljitish funksiyasini bajarishlari mumkin.
Hozirgi vaqtda treyderlar o'rtasida stop-losslarning zarurligi mavzusida jonli tortishuvlar olib borilmoqda. Ba'zilar stop-losslar savdoning majburiy sharti bo'lishi kerak deb, o'z nuqtai-nazarlarini stoplarning barcha mablag'larni yo'qotishdan saqlab qolish imkoniyatlarini dali qilib keltirishadi. Axir agar narx bashorat qilinganga qarama-qarshi tomonga jadl harakatlansa, u holda o'z vaqtida yopilmagan bitim albatta katta zararga olib keladi. Biroq stop-lossga qarshi turuvchilar u faqat zararlargina cheklab qolmay, balki foydani ham cheklaydi deb ta'kidlashadi. Narx harakatini ko'pincha oldindan bilib bo'lmasligi va paradoksalligi uchun u treyderning taxminlariga muvofiq,lekin davriy sakrashlar bilan kelishi mumkin bo'lib, bunda belgilangan stop-loss chizig'iga "tegib" o'tishi mumkin. Bunday holatda, bu vaqtda bitimni muvaffaqiyatli yakunlanishi imkoniyati bo'lishi mavjudligiga qaramay pozitsiya minus bilan yopilib qoladi.
Odatda, stop-lossdan foydalanish to'g'risidagi qaror har bir alohida olingan treyderning shaxsiy strategiyasiga asoslangan. Bu holat yo'qotishlarga cheklashlar qo'yish zarurligiga nisbatan atayin bir qiymatli fikr mavjud emasligidan dalolat beradi.