Foreks bozorida savdo signallari – bu savdo vositalarini (valyuta juftliklarini) xarid qilishga yoki sotishga beriladigan signallar, ya'ni bu pozitsiyani o'z vaqtida ochish va yopish uchun signallardir.
Ayni pastda savdo signallari Foreks valyuta bozorida juda talab qilinadigan xizmat hisoblanadi. Bu signallar treyderga foydali axborotni aytib turadi: operatsiyani qaysi valyuta juftligi bo'yicha va qanday narxda amalga oshirgan to'g'ri bo'ladi, katta yo'qotishning oldini olish maqsadida qaysi darajada stop-lossni qo'yish kerak. Trend harakati oldindan noto'g'ri aytilgan bo'lsa, signal maksimal natijaga erishishi uchun teyk-profitni qaerga o'rnatgan ma'qulligini signal ko'rsatadi.
Foreks bozorida signallar treyder uchun muhim vazifani bajarish shubhasizdir. Biroq treyder ularga to'la va so'zsiz amal qilishi kerak emas. Ular uning kundalik savdosidaga yordamchilaridir xalos, chunki pozitsiyaning ochilishi to'g'risidagi qarorni treyder barcha asoslarning yig'indisi asosida qabul qilishi kerak, xususan: tashqi muhit omillari (mikro- va makroiqtisodiy omillar), texnik tahlil, bozordan tashqari faktorlar (siyosiy vaziyatlar, turli xil fors-major holatlari va boshq.).
Internet tarmog'ida euda ko'p miqdordagi saytlar faoliyat yuritib, ular yuqori foydani kafolatlovchi Foreks-signallarni taklif etishadi: "Bizning savdo signallarimizdan foydalanilganda 10 ta valyuta juftliklari bo'yicha oyiga 1 000-1 500 punkt foyda olish mumkin, savdo jarayoni to'la avtomatlashtirilgan".
Bunday takliflarga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish va treyderlik olamida yuqori obro'ga va tasdiqlangan nufuzga ega bo'lgan, tekshirilgan manbalarga ishoning. Savdo Foreks-signallarining tarqatmasini quyidagi tarzda tekshirish mumkin: eng yaxshi ko'rsatkich Siz ishonadigan odamlarning (yetkazib beruvchining xizmatlaridan foydalangan do'stlar, hamkasblar, yaqinlaringizdir).
Agar bunday kishilar topilmasa, u holda tahlilni mustaqil o'tkazish kerak. Buni valyuta bozorida amalga oshirilgan bitimlarning dinamikasini o'z Foreks-brokeringiz orqali tekshirib amalga oshirish mumkin. Odatda, bunday statistika mijozlar foydalanishi uchun qulay bo'ladi. Agar ma'lumotlar taqdim etilmasa, u holda boshqa kompaniyani izlashga to'g'ri keladi, vaholanki bugungi kunda tanlov o'nlab yoki xatto yuzlab shunga o'xshash tashkilotlar bilan cheklanmaydi.
Savdo Foreks-signallar ishonli boshqaruvga muqobil sifatida taqdim etiladi. Har qanday holda ham bitimlarni tuzishda Siz bozorni mustaqil tahlil qilmasdan boshqa kishilarning tajribasiga yoki dastur algoritmiga tayanasiz. Agar signalni sotib olsangiz, u holda qayd qilingan summani obuna uchun to'laysiz va o'z brokeringizning savdo platformasiorqali bitimlarni mustaqil tuzasiz. Agar ishonchli boshqaruv xizmatlari doirasida investitsiya kiritayotgan bo'lsangiz Sizning nomingizda bitimlar va o'z ixtiyoriga ko'ra broker yoki boshqaruvchi treyder amalga oshiradi, lekin Siz o'z foydangizning bir qismini u bilan bo'lishasiz. Har qanday holda ham, agar valyuta bozorida vaziyat Sizning foydangiz tomonida bo'lmasa Siz barcha yo'qotishlar xatarini o'z zimmangizga olasiz.